Xayrli kech, Mehmon!
Tafsiya etamiz
Latifalar » Aralash quralash (4)
   Хакимжон Махкамов OFF  
* Bezovda qilmang!

Bir kuni shayton bolalarini aylantirib yurgan ekan, yosh shaytoncha onasidan so‘rabdi: — Oyijon, anavi o‘t yeb yurgan narsa nima? — Bu sigir. U odamlarga sut, go‘sht beradi, - debdi onasi. Yana biroz yurgach, shaytoncha onasiga debdi: — Anavi nima? — U tovuq. U odamlarga tuxum beradi. Go‘shtiham yeyiladi, - debdi shayton. Uzoqda yurib ketayotgan odamlarni ko‘rib qolgan shayton bolasi: — Anavi-chi? – debdi. Ona shayton: — Tez ketdik bu yerdan! Hozir bu odamzoti bir baloni boshlaydi-da, “Hammasi shaytonni ishi”, “Meni shayton yo‘ldan urdi” deb hamma aybni bizga ag‘daradi, - dermish.

Qo'shilgan: 20.01.2019 / 04:25 Reyting: 0
   Хакимжон Махкамов OFF  
* Bezovda qilmang!

Bir to‘yda yarim tungacha bazm bo‘libdi-yu oxiri o‘rtakash bir otaxonni o‘rtaga chaqirib: — Otaxon duo qilib bering, - debdi. Otaxon o‘rtakashni oldiga kelsa, o‘rtakash otaxonni qulog‘iga zamonaviy BLUETOOTH mikrofonni taqib gapiring, - debdi. Otaxon o‘rtakashga qarab: — Menga mikrofon ber, - desa. O‘rtakash: — Otaxon gapiravering hamma eshityapti, - debdi. Otaxon jahli chiqib: — Mikrofon ber-e, - desa. O‘rtakash otaxonni qo‘liga bitta stakanni berib, mana mikrofon endi gapiring, - desa. Otaxon gap boshlabdi: — Mana bugun jiyanimiz Abdusattor... jiyanimiz Abdusattor, - debdi-yu. Kelinni ismi esidan chiqib qolib, stakanni orqasiga yashirib, o‘rtakashga qarab: — Anu alvastini ismi nimaydi, - dermish.

Qo'shilgan: 18.01.2019 / 02:58 Reyting: 1
   Хакимжон Махкамов OFF  
* Bezovda qilmang!

Ikki GAI xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi. GAIshniklar hazillashmoqchi bo‘lib boboyni to‘xtatishibdi. — Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi. Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib: — Bardachokda edi, olaqol!!!

Qo'shilgan: 18.01.2019 / 02:47 Reyting: 0
   Хакимжон Махкамов OFF  
* Bezovda qilmang!

To‘pt yahudiy va to‘rt o‘zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o‘tirishibdi. To‘rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o‘zbeklar bo‘lsa to‘rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo‘lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa. Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to‘rttala o‘zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so‘rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko‘rsatishibdi, provodnik o‘tib ketibdi. Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to‘rttasi bitta bilet olibdi, O‘zbeklar bo‘lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O‘zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.

Qo'shilgan: 18.01.2019 / 02:46 Reyting: 1
Bosh sahifa